Psiphon birinchi APSIG'da ishtirok etmoqda

24/10/2016 - 1 daqiqalik mutolaa

Yangilangan: 26/09/2021


2016-yil 11-15-sentabr kunlari Psiphon Tailandning Bangkok shahrida oʻtkazilgan birinchi Osiyo-Tinch okeani Internet boshqaruvi maktabida (APSIG) ishtirok etdi.

Bir haftalik mintaqaviy maktab Osiyo Texnologiya Institutida (AIT) boʻlib oʻtdi, unda Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi turli mamlakatlardan 30 dan ortiq ishtirokchi Mintaqaviy Internet boshqaruvi masalalari boʻyicha oʻz tajribasi va bilimlari bilan boʻlishish uchun yigʻildi. Internet taʼlim va tadqiqot laboratoriyasi (inTERLab) tomonidan tashkil etilgan besh kunlik seminarda xalqaro tashkilotlar, akademik institutlar, fuqarolik jamiyati, hukumat va biznes sohalari kabi turli yoʻnalishdagi asosiy maʼruzachilar qatnashdi. Bu tashkilotlar qatoriga quyidagilar kiradi: Internet Corporation for Assigned Names and Numbers (ICANN), Electronic Frontier Foundation (EFF), Asia-Pacific Network Information Centre (APNIC), Korea Advanced Institute of Science and Technology (KAIST), OpenNet Korea va Com First India.

Internet kontentidan cheklovlarsiz foydalanish imkonini beruvchi ishonchli vositani ishlab chiquvchi dasturiy taʼminot kompaniyasi sifatida Psiphon Internet boshqaruvi masalalari, jumladan, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida Internet kontenti erkinligi boʻyicha jamoatchilik xabardorligini oshirish yuzasidan oʻz fikrlari bilan boʻlishishdan juda mamnun boʻldi. Dasturimiz boʻyicha bildirilgan fikr-mulohazalarni toʻplash va oʻrganish maqsadida maktab doirasida doimiy foydalanuvchilar bilan muloqot qilganimizdan gʻoyat xursandmiz. Bundan tashqari, Psiphon Tailand, Pokiston va Filippin kabi Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan yangi foydalanuvchilar bilan aloqalar oʻrnatdi. Rollarga boʻlingan amaliy mashgʻulotlar davomida Psiphon kelgusi oʻn yillikda yangi Internet foydalanuvchilariga qulayliklar yaratish boʻyicha yakuniy hisobotga oʻz hissasini qoʻshdi. Ushbu hisobot hozirda apsig.asia manzilidagi rasmiy APSIG veb-saytida mavjud.

APSIG – doktor Kilnam Chon tashabbusi bilan yaratilgan tajriba dasturi boʻlib, navbatdagi APSIG ham Tailandning Bangkok shahrida boʻlib oʻtadi.
Psiphon Inc.ni navbatdagi tadbiringizga taklif qilmoqchimisiz? Bizga info@psiphon.ca manziliga xat yozing
Internet erkinligiJanubi-sharqiy OsiyoPokiston

Keyingisini oʻqing